FINANCE TEAM FINANCE TEAM
Biz haqimizda

Amaliy tajribaga asoslangan o'quv markazi

FINANCE TEAM — buxgalteriya hisobi, soliqlar va moliya bo'yicha o'quv markazi. Maqsadimiz — tinglovchiga diplom emas, balki ertangi kundan ishda qo'llay oladigan bilim berish.

Darslarni amaliyotchi buxgalterlar, auditorlar va soliq maslahatchilari olib boradi. Shu sababli har bir mavzu real korxona misollari, hujjatlari va bugungi qonunchilik asosida o'tiladi.

Kichik guruhlar, kompyuter sinfi, uy vazifalari va o'qituvchi bilan doimiy aloqa — o'qish davomida ham, bitirgandan keyin ham.

Amaliyot
Nazariya faqat amaliyotni tushunish uchun kerak bo'lgan hajmda.
Dolzarblik
Dasturlar qonunchilikdagi o'zgarishlarga qarab yangilanadi.
Natija
Muvaffaqiyatimiz bitiruvchilarimizning ish joyi va lavozimi bilan o'lchanadi.

Qaysi kurs sizga mos kelishini bilmayapsizmi?

Telegramda yozing yoki qo'ng'iroq qiling: darajangizni aniqlab, mos kursni tavsiya qilamiz.